15.04.2020
Hurmatli xaridorlar!
Navoiy ATX avtomobil uchun toʼlovni masofadan amalga oshirishni tavsiya qiladi.
Komissiyasiz toʼlovni TIF Milliy bankning «Milliy» toʼlov tizimi yordamida komissiyasiz amalga oshirishingiz mumkin. «Milliy» toʼlov tizimi orqali toʼlov amalga oshirilganda xaridordan komissiya olinmaydi — 0%.
Buning uchun ushbu tizimning ilovasini gadjetingizga yuklab olishingiz kifoya.
Shuningdek xaridorlar toʼlovni “Munis” toʼlov tizimi asosida xizmat koʼrsatuvchi tijorat banklar orqali amalga oshirganda mijozdan komissiya haqi olinmaydi – 0%.
«Milliy» hamda «Munis» toʼlov tizimi orqali amalga oshirganda mablagʼingiz sanoqli soniyalarda kompaniya hisobiga tushishiga ishonchingiz komil boʼlishi mumkin.