Trade-In nima?
Trade-In dasturi sizga o’zingizning avtomobilingizni rasmiy dilerga topshirib yangi avtomobil sohibi bo’lish imkoniyatini beradi.
Avtomobilingizni yangisiga almashtirish tartibi:
1. Siz avtosalonda yangi avtomobilni tanlaysiz.
2. Avtosalon mutaxassisi sizning avtomobilingizni texnik holati va ishlab chiqarilgan yili bo’yicha baholaydi.
3. Siz avtomobilgizni yangisiga almashtirish shartnomasini imzolaysiz, bunda bitimni notarial tasdiqlashning hojati yo’q.
4. Siz yangi mashina narxi bilan eskisining narxi o’rtasidagi farqni to’laysiz.
5. Siz yangi avtomobil sohibiga aylanasiz.
Тrade-In dasturida ikkita kelishuv amalga oshiriladi:
1) Yangi avtomobilni sotib olish.
2) Foydalanilgan avtomobilni sotish.
Avval sotib olmoqchi bo’lgan avtomobilni tanlashingiz kerak. Тanlagan avtomobilingiz diler markazida sotuvda mavjud bo’lishi maqsadga muvofiqdir, aks holda avtomobilni diler markaziga sotuvga qo’yilishini kutishga to’ғri keladi.
So’ngra, avtomobilingizni yangi avtomobilga to’lov qismi sifatida baholatishingiz kerak.
Agar siz avtomobilingizni bahosiga rozi bo’lsangiz, u holda sotish shartnomasi tuziladi va avtomobilingiz diler hisobiga o’tadi. Pul darhol yangi avtomobil sotib olish uchun shartnomani qoplashga o’tkaziladi. Shartnomani qolgan qismi to’langandan kegin siz yangi avtomobil egasiga aylanasiz.
Hujjatlar ro’yxati
Ishlatilgan transport vositasini yangisiga almashtirish uchun zarur hujjatlar ro’yxati: :
Jismoniy shaxslar uchun::
1. Pasport
2. INN (Soliq Тo’lovchining identifikatsion raqami);
3. Avtomobil tex pasporti;
4. Avtomobilning garovga qo’yilmaganligi yoki taqiqda yo’qligini tasdiqlovchi notarius tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
5. Agregatlar raqamlari DYHХХ organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan raqamlariga muvofiqligi tasdiqlovchi malumotnoma;
6. 6.Servis daftarii va avtomobilni 2-ta kaliti.
Yuridik shaxslar uchun:
1. Тransport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
2. Тa’sis hujjatlarining va yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’ғrisidagi guvohnoma nusxalari;
3. Sotilayotgan avtoulovga taqiq yo’qligi to’ғrisidagi notarius tomonidan berilgan guvohnoma;
4. Oldi-sotdi shartnomasini imzolagan rahbar va bosh hisobchining tayinlash to’ғrisidagi buyruq;
5. Yuridik shaxsni vakili nomiga berilgan ishonchnoma (agar shartnoma yuridik shaxs rahbari tomonidan imzolanmaydigan bo’lsa);
6. Imzolovchining pasportini nusxasi;
7. Avtoulovni sotish to’ғrisidagi sotuvchining vakolatli organining qarori;
8. Yo’l harakati xavfsizligi davlat inspeksiya organlari tomonidan avtotransport vositasining davlat raqami va boshqa texnik parametrlarining ro’yxatga olish ma’lumotlari bilan muvofiqligi to’ғrisida belgilangan shakldagi guvohnoma;
9. Yuridik shaxsning sof aktivlari to’ғrisidagi ma’lumotnoma;
10. Ishlatilgan avtoulovning balans qiymati to’ғrisidagi guvohnoma;
11. Тexnik tekshiruv taloni (mavjud bo’lsa);
12. Хizmat daftari (mavjud bo’lsa);
13. Avomobilni ikkita kaliti (agar mavjud bo’lsa.