background

UzAuto Motors avtomobillarini 10 million soʼmgacha keshbek koʼrinishidagi foyda bilan xarid qiling

15.04.2020

Faqat karantin davrida kompaniya Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilgan xaridorlar uchun 3,9 mln soʼmdan 10,2 mln soʼmgacha keshbek olishni taklif qiladi.

Bizning dilerlarga hozir qoʼngʼiroq qilib, avtomobilь buyurtma qiling, 100% oldindan toʼlovni amalga oshiring va avtomobilingiz yetkazib berilayotganda sizga quyidagi hajmda mablagʼingiz qaytarib beriladi:

Spark – 3,9 dan 6,3 mln soʼmgacha
Nexia – 4,6 dan 7,4 mln soʼmgacha
Cobalt – 5,1 dan 8,3 mln soʼmgacha
Lacetti – 6,3 dan 10,2 mln soʼmgacha.

Kompaniya sizning kutganingiz evaziga toʼlov amalga oshirishga tayyor – keshbek hajmi avtomobilning yetkazib berish muddatiga bogʼliq.

Mazkur taklif yetkazib berish muddati 2020 yilning sentyabrь oyidan dekabrь oyiga qadar boʼlgan avtomobillar uchun yangidan tuzilayotgan shartnomalarga amal qiladi.