05.10.2021
Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobili uchun shartnoma tuzish boshlangandan so’ng, ijtimoiy tarmoqlarda shartnomadagi avtomobil narxi o’zgarishi mumkinligi to’g’risida keltirilgan bir band muhokamaga qo’yildi.
💵 Keltirilishicha, bizning kompaniya, 2019-yildagi kelishuvni buzgan holda, yana shartnomaga yetkazib berilgan avtomobil uchun narxning oshishi mumkinligi to’g’risidagi bandni qayta kiritgan.
❗️Kompaniya shartnomada bir tomonlama narxlarni oshirish haqida hech qanday band yo'qligini rasman e’lon qiladi.
✅ Shartnomaning 2.4 bandi hozirgidek kabi ilgari ham bo’lgan. Ushbu bandda keltiriladiki, qo'shimcha to'lov faqatgina avtomobil komplektatsiyasi o'zgargandagina amalga oshiriladi. Bundan ko'rinib turibdiki, xabar mualliflari ushbu band shuningdek, shartnomaning navbatdagi bandlari bilan to’liq tanishishmagan.
✅ 2.4.1 va 2.4.3 bandlariga ko’ra, agar komplektatsiya e’lon qilingandan farq qilsa, xaridor to’lovni qaytarish sharti bilan avtomobil xarididan voz kechishi yoki uni almashtirish huquqiga ega.
✅ 2.4-band avtomobil komplektatsiyasi o’zgarishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda mijoz uchun bir nechta takliflarni taqdim etadi. Ushbu shartnomada Xaridor huquqlari himoyalangan, va, agar mijoz qo’shimcha to’lov qilishni xohlamasa, unda har doim tanlov huquqi bo’lib: u xarid qilishdan voz kechib, pulni qaytarib olish yoki avtomobilni mos keladigan modifikatsiyaga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.
❗️Shuningdek “UzAuto Motors” shartnomaga muvofiq keltirilgan komponentlarga ko’ra avtomobil narxi oshmasligini eslatib o’tadi.