(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

O’zbekiston va Tojikiston o’rtasida avtomobilsozlik sohasidagi munosabatlar rivojlanmoqda

"GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston va Тojikiston Respublikalarining o’zaro sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish yo’lida keng ko’lamli ishlarni davom ettirmoqda. 2017 yilda Dushanbe shahrida tashkil qilingan «Made in Uzbekistan» ko’rgazmasi va O’zbekiston – Тojikiston qo’shma biznes-forumi doirasida o’zbek avtomobili Тojikistonda ilk bor taqdim etildi. O’tgan yilning sentabr oyida mazkur mamlakatda markazlashtirilgan «Ravon» saloni tashkil qilinib, Damas, Labo, Spark, Cobalt, Gentra hamda Nexia rusumli avtomobillar savdosi yo’lga qo’yildi.  Bugungi kungacha qo’shni mamlakatga qiymati 1,3 mln dollardan ortiq bo’lgan avtomobillar eksporti amalga oshirildi.  Hozirda Тojikistonning boshqa hududlarida ham o’zbek avtomobili savdosini amalga oshiruvchi yana bir nechta avtosalon bunyod etish ko’zda tutilgan.
 
Manba:http://uzavtosanoat.uz/zbekiston-va-tozhikiston-rtasida-avtomobilsozlik-soasidagi-munosabatlar-rivozhlanmoda.html