(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Axborot xabari

"GM Uzbekistan” atrofida sodir bo’layotgan noxush vaziyatlar muhokama qilindi

Ma’lumki, so’nggi vaqtlarda internet va ommaviy axborot vositalari orqali "GM Uzbekistan” AJ atrofida sodir bo’layotgan noxush vaziyatlar yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda.

Joriy yilning 25 may kuni Asaka avtomobil zavodida "O’zavtosanoat” AJ rahbariyati va kompaniya bosh direktori boshchiligida o’tkazilgan yig’ilish so’nggi vaqtlarda yuzaga kelayotgan bunday noxush vaziyatlarni oldini olishga bag’ishlandi.

Yig’ilishni o’tkazishdan asosiy maqsad sohada faoliyat olib borayotgan har bir xodimga mamlakatimizda qonun ustuvor ekani va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini yana bir bor yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo’ldi.

Тadbirda "O’zavtosanoat” AJ, Davlat xavfsizligi xizmati, Prokuratura, IIBning huquqni muhofaza qilish organlari, "DjiEm O’zbekiston” AJ hamda Andijon viloyatidagi "O’zavtosnoat” tarkibiga kiruvchi barcha qo’shma korxonalar va dilerlik tashkilotlari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilish yakunida so’nggi vaqtlarda tarqalayotgan xolatlarni oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida qarorlar qabul qilinib, vazifalar belgilab olindi.

"GM Uzbekistan" AJ 
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati