(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Asaka avtomobil zavodi BIQ-III sertifikatini qo’lga kiritdi

GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilingaligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo’lga kiritdi.
Bu so’nggi 3 yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to’la bajarilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi bo’ldi. O’tgan vaqt mobaynida texnologik uskunalar to’la modernizatsiya qilindi va ularning tarkibi yangilandi, GM kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo’naltirilgan yangi tizim va instrumentlari joriy qilindi, korxona ҳodimlari GM kompaniyasining Janubiy Koreya, Хitoy, Тayland, Hindistonda joylashgan zavodlarida o’qib qaytishdi va ҳ.k.
Тekshiruv General Motors korporatsiyasining Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh va Hindistondagi mutaxassislari tomonidan o’tkazildi.
Sertifikat "General Motors International” tashkilotining auditi natijasida topshirildi. Sertifikat topshirish marosimiga GM International kompaniyasi vitse-prezidenti Fil Kinli tashrif buyurdi.
Sertifikatni qo’lga kiritish uchun 44 ta ko’rsatkich bo’yicha talablarga to’la javob berish lozim. Natijalar Asaka avtomobil zavodi ushbu standartlar bo’yicha 100 foiz talabga javob berishini ko’rsatdi (minimal daraja – 95,5%).
Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga sifat darajalarini belgilab beruvchi uchinchi darajaning berilishi korxonaga GM global platformasidagi deyarli barcha avtomobillarni o’zlashtirish imkonini beradi.
Sifat darajalarini belgilab beruvchi daraja (BIQ) zavod ishlab chiqarish jarayoniga GMS’ni joriy etish darajasiga ko’ra aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning global tizimi (GMS) zavodda ishlab chiqarilayotgan maҳsulot sifatini yaxshilash ҳamda nazorat qilish maqsadida joriy etilgan. U 5 asosiy omilga bo’linadi: xodimlarning jalb qilinishi, standartlashtirish, sifatni integratsiya qilish, vazifalarni qisqa muddatlarda bajarish, doimiy takomillashtirish.
Shunday qilib, zavodga joriy etilgan GMS global ishlab chiqarish tizimi xavfsizlik va sifatning yuqori standartlari yagonaligini ta’minlaydi ҳamda ishlab chiqarishga eng yaxshi uslub, texnologiya va jarayonlar qo’llash imkonini beradi.
Bugungi kunda "GM Uzbekistan” Asaka zavodida 8 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Manba: http://uzavtosanoat.uz/asaka-avtomobil-zavodi-BIQ-III-sertifikatini-lga-kiritdi.html