(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Prezident Tashkent City loyihalari bilan tanishdi

 

Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishi Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari avval ham bu yerga tashrif buyurib, tashkiliy, moliyaviy masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.

Poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa ob’ektlar quriladi. 

Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Tashkent City qurilish uchastkasida bo‘ldi. Besh yulduzli mehmonxona va kongress-xol qurilishining borishi bilan tanishdi. 

Mazkur inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish, yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratish, geologiya, seysmologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
 
Manba: http://www.president.uz/oz/1629