(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Xo'ja Xisrav maqbarasidagi ta'mirlash ishlari

Xo'ja Xisrav maqbarasidagi ta'mirlash ishlari Xo'ja Xisrav maqbarasidagi ta'mirlash ishlariXo'ja Xisrav maqbarasidagi ta'mirlash ishlari
Shu o'rinda "Xo'ja Xisrav" maqbarasi to'g'risida qisqacha ma'lumot:
Xo'ja Xisrav xo'jalar avlodidan bo'lgan Shayx. U qachon tug'ilgan, qancha umr ko'rgani haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas. Xo'ja Xisrav asli Samarqand xo'jaligidan bo'lib, Buxoroga ko'chib ketayotgan paytlarida Karmanaga kelgan va shu yerda yashab qolgan. 
U XIV asrda Mavlono Orif Degaroniy, Xo'ja Bahouddinlar bilan bir zamonda yashagan, ular bilan muloqotda bo'lgan. U o'z davrining ilmli, o'ta zukko kishisi, islom dinining peshvosi, karomat sohibi bo'lib tanilgan. 
Karmanaliklar bu ulamoyu pirning izzatini g'oyat joyiga qo'yganlar. Uning qabriga 2x8 metr o'lchamdagi sag'ana yaqiniga 11 ustunli machit qurganlar. Machitda 1000 kishi bemalol namoz o'qishi mumkin bo'lgan. Atrofdagi mozor Xo'ja Xisrav mozori deb yuritilgan. Xo'ja Xisrav mozori va atrofidagi mozorlar totalitar tuzumi davrida xo'rlandi. Machit buzib tashlandi. Mozor o'rtasida zovur qazildi. Mozor ustiga ikki qavatli uylar qurildi. 
Ipakchilik-urug'chilik zavodi ham shu yerda qad ko'targan. Hozirgi kunda Xo'ja Xisrav sag'anasida va uning yaqinidagi polyaklar qabridan tashqari hech narsa qolgan emas. Shunday bo'lsada Karmanalik iymonli kishilar Xo'ja Xisrav qabrini saqlab qoldilar. 
Umuman Xo'ja Xisrav qabri Karmanada mavjud va asrab avaylashga muxtoj bo'lgan ziyoratgohlardan biridir.