N A V O I Y A T X
background

Ko'p beriladigan savollar

Men aprel oyining boshida avtomobilni yetkazib berish shartnomasini imzoladim va shartnoma bo‘yicha mablag‘larni to‘ladim. Shartnomada avtomobilni yetkazib berish muddati 30 iyun deb ko‘rsatilgan. Avtomobilni shu muddatdan avval yetkazib berish imkoni bormi?

Xaridor va diler o‘rtasida tuzilgan avtomobilni yetkazib berish shartnomasi shartlariga muvofiq (3.1-bandi) avtomobilni yetkazxib berish muddati belgilangan.

Xaridorlarning diqqatiga: Shartnomani imzolashda shartnomaning shartlarini; to‘lovning shakli, avtomobilni yetkazib berish muddati, tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini diqqatbilan o‘rganib chiqish juda muhimdir.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlar tasdiqlangan ishlab chiqarish rejasiga va import qilinadigan detallarni chet eldan yetkazib berish muddatlariga, asoslanadi, dilerlik korxonasiga sotishning ajratiladigan oylik kvotalari hisobga olinadi.

Shuningdek, ko‘pchilik hollarda avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan muddatidan avval amalga oshirilishini qayd etish lozim.

Tuzilgan shartnomaga muvofiq avtomobilni yetkazib berish muddatlari buzilganda, xaridor o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni olish uchun 141-77-77 telefoni orqali «UZAUTO MOTORS» AJ ning mijozlarga ko‘maklashish xizmatiga (Call center) ga yoki 147-14-14 kompaniyaning ishonch telefoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqiga ega.

«UZAUTO MOTORS» AJ va uning dilerlik korxonalari kredit tashkilotlari bo‘lmagani uchun, bu masala murojaatlar klassifikatoridan chiqarib tashlangan.

Axborot uchun: Moliyaviy iste’mol kreditlarini beruvchi tashkilotlar banklar yoki Markaziy bankning maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) asosida  O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» Qonunida ko‘zda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa kredit tashkilotlari hisoblanadi.

Kreditlash masalalari bank muassasalarining sohasiga kiradi, demak, avtosalonlar (rasmiy dilerlik korxonalari) mijozga avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomalarni beradi, ularda jismoniy shaxslar uchun quyidagi to‘lov shakllari ko‘zda tutilgan:

- naqd pul evaziga, vatanimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning qiymati banklarning kassalariga to‘langan holda;

- O‘zbekiston Respublikasi banklarining pul muomalasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnomaning 34-bandiga muvofiq, fuqarolarning banklardagi omonat hisobraqamlaridan yoki plastik kartochkalari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan, jismoniy shaxslarning hisobraqamga kiritilgan pul mablag‘lari hisobiga.

Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning texnik holatini aʼlo darajada saqlab turish uchun hamda mijozlarning ishonchini oshirish maqsadida 2019 yilning 1 fevralidan eʼtiboran kompaniya yangi avtomobillarga kafolatli xizmat koʼrsatish muddatini uzaytiradi. Endi ushbu muddat 3 yil yoki 100 000 kilometr masofani oʼz ichiga oladi. Аvval — 1 yil yoki 20 000 kilometr masofani tashkil qilgan.

Qayd etish lozimki, uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019 yilning 1 fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tadbiq etiladi. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bogʼliq boʼlmaydi, yaʼni ushbu davr mobaynida avtomobil egasi oʼzgarsa, uning yangi egasi ham ushbu kafolat huquqidan foydalana oladi.

Аvtomobildan notoʼgʼri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruktsiyasi va modifikatsiyasiga oʼzgartirish kiritish yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qoʼshimcha ishlov berilishi yoki jihozlanishi tufayli nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda kafolat davri cheklanadi.

Kafolat muddati davomida avtomobilning ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlangan nuqsoni bor qismlarini taʼmirlab berish yoki almashtirish rasmiy xizmat koʼrsatish markazlari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Buning uchun esa avtomobilь egasidan avtomobilning ekspluatatsiyasi boʼyicha barcha shartlar yoʼriqnomaga asosan bajarilgan boʼlishi talab etiladi.