N A V O I Y A T X
background

Chevrolet Malibu

MALBDB2TL (2 poz, turbo)

311 124 067 cум

MALBDB2TL(1.5)

278 322 334 cум

MALBDB2TL(LTZ)

324 450 000 cум

Ichki ko'rinish

Ichki ko‘rinishining dizaynida a’lo sifatli materiallar foydalanilgan, buning hisobiga endilikda salon avvalgi avlodlarning modellari ichki ko‘rinishiga nisbatan ancha savlatliroq ko‘rinadi. Markaziy konsoldagi tugmalarning qulay minimal to‘plami bo‘lib, sedan yangi asboblar paneliga va rul g‘ildiragiga ega bo‘ldi. Markaziy konsolning o‘rtasida MyLink modelidagi ko‘ngil ochish-axborot majmuasining diagonali 7.0 dyuym o‘lchamidagi Touch Screen ekrani joylashgan. Haydovchi yaxshilangan, orqa va yoni tutib turiladigan keng o‘rindiqda joylashadi. Rul g‘ildiragi oldinga ko‘proq chiqarilgan bo‘lib, uning orqasida analogli datchiklari bo‘lgan bort kompyuteri joylashadi. Orqadagni yo‘lovchilar ko‘shimcha 33 mm hajmiga ega bo‘lib, shovqindan izolyatsiya qilingan holda har tomonlama qulay yurishdan lazzatlanishi mumkin.

Xavfsizlikni ta’minlash jihatidan Malibu ning yangi avlodini xarid qilganlarning hafsalasi pir bo‘lmaydi. Uning butlanishida 8 ta xavfsizlik yostiqchalari bo‘lib, teleskopik rul kolonkasi bor, xavfsizlik tizimi shuningdek nishablarda avtomatik tormoz berish, avtomatik kruiz-nazorat, trekshn-nazorat (sirg‘alishga qarshi nazorat) hamda oldingi va orqa datchiklari bo‘lgan to‘xtatishni osonlashtiruvchi tizimi kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Tashqi ko'rinish

Chevrolet Malibu ning yangi avlodi ustida ishlagan dizaynerlar, modelning tashqi ko‘rinishiga ko‘proq agressivlik baxsh etishga intilgan. Yangi modeli avvalgi avlodlaridan farqli ravishda tashqi ko‘rinishining mutlaqo yangi shakliga ega. Bukiluvchan va egiluvchan chiziqlar borligi tufayli sedanning qiyofasi yanada ko‘proq jo‘shqinlikka ega bo‘lib, o‘ta yoqimli shakliga ega. Malibu ning oson tanib olish mumkin bo‘lgan firmaviy ikkitalik radiator panjarasi endilikda torroq shakldagi asosiy svetodiodli optika bilan jihozlangan. Kuzovning yon tomonlaridagi relefli bezaklari va orqa qismi ko‘p jihatdan Impala sedan modeliga o‘xshash, umuman olganda esa kuzovning ko‘pchilik elementlari afsonaviy Camaro modeliga o‘xshaydi, lekin bu faqat tashqi o‘xshashlikdir. Bunda kuzovning ayrim detallarini puxta ishlab chiqish hisobiga, a’lo aerodinamik ko‘rsatkichlarga erishishga muvaffaq bo‘ldik. O‘zbekiston bozorida avtomobil 4 xil rangda taklif qilinadi (oq marvarid, oq-kulrang, to‘q kulrang va qora ranglar).

Texnik xususiyatlari

Optsiya Malibu MALBDB2TL (2 poz, turbo) Malibu MALBDB2TL(1.5) Malibu MALBDB2TL(LTZ)
Avtomobil narxlari 311 124 067 cум 278 322 334 cум 324 450 000 cум
Dvigatel
Silindir miqdori va joylashuvi qatorli, 4-silindrli, turbopurkagichli Турбодвигатель с непосредственным впрыском топлива qatorli, 4-silindrli, turbopurkagichli
Ishchi hajm, sm3 1998 1490 1998
Maksimal quvvat, кW/o.k. (ayl/min) 253 (5300) (ayl/min) 163 при 5700 об/мин 253 (5300) (ayl/min)
Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 353 (2000-5000) (ayl/min) 250 при 2000-4000 об/мин 353 (2000-5000) (ayl/min)
Uzatmalar qutisi
Uzatma turi Old Передний Old
Uzatmalar qutisi turi 6 AUQ 6 АКПП 6 AUQ
Ilgak
Old Makferson tirgagi Макферсон Makferson tirgagi
Orqa 4 dastakli ilgak Четырехрычажная подвеска 4 dastakli ilgak
Siquvchi disk tizimi
Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Diskli Дисковые/Дисковые Diskli/Diskli
O'lchamlari
Uzunligi, mm 4923 4923 4923
Eni, mm 1854 1854 1854
Balandligi, mm 1470 1463 1470
G'ildirakli baza, mm 2829 2830 2829
Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 5,4 5,4 5,4
Ichki hajm
Yukxona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 447 447 447
Og'irlik
Ruxsat etigan vazn, kg 1495 1409 1495
Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 2100 2100 2100
Dinamika
Maksimal tezlik, km/s 250 215 250
Tezlik 0-100 km/s, sekundiga 6,3 8,6 6,3
Yoqilg'i sarfi
Shahar ichida, L 11,8 8,7 11,8
Shahar tashqarisida, L 8,5 7,6 8,5
Yoqilg'i turi АИ - 95 АИ - 95 АИ - 95
Yoqilg'i bak hajmi, L 60 49 60