N A V O I Y A T X
background

Chevrolet Cobalt

GS/16MTB (2 poz)

95 768 000 cум

GX/16ATB (4 poz)

115 390 000 cум

Ichki ko'rinish

Siz Chevrolet Cobalt ning ichida birinchi bo‘lib yuksak baholaydigan jihat — kengligidir. Chevrolet kompaniyasining firmaviy konsepsiyasida salon — «ikkitalik kokpit» ham haydovchi uchun, ham yo‘lovchilarning har biri uchun qulaylik yaratadi. Chevrolet Cobalt ni yaratayotganda, bizning muhandislarimiz haydovchining o‘rni tashkil etilishiga alohida e’tibor berganlar: asosiy boshqarish paneli doimo qo‘l ostida, ichki ko‘rinishida esa foydali  buyumlar uchun juda ko‘p qulay bo‘limlar va tokchalar ko‘zda tutilgan.

Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobilining salonida beshtagacha kishi qulay joylashishi mumkin. Boshqarish paneli haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulay tarzda joylashgan. Bu avtomobilda istalgan oilaviy sayohatning yoqimli va qiziqarli bo‘lishi uchun hamma narsa yaratilgan. Avtomobil orqada o‘tirgan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha havo naylari bilan jihozlangan, bu esa qish va yoz mavsumidagi eng nomaqbul sharoitlarida shinam iqlim yaratishga imkon beradi. Juda ko‘p foydali moslamalar Siz va yaqinlaringiz uchun xuddi o‘z uyidagidek bemalol joylashish imkonini beradi. Hatto yoritishning intensivligini ham aynan Sizga qulay darajagacha sozlash mumkin.

Tashqi ko'rinish

Yo‘lda ahamiyatsiz narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobalt ning tashqi ko‘rinishi har bir detali bo‘yicha puxta o‘ylab chiqilgan. Masalan, yon oynalari orqani ko‘rish uchun keng manzarani ta’minlaydi, ichki qurilgan isitish tizimi esa hatto o‘ta sovuq paytida ham muzni erita oladi. Tumanga qarshi faralar eng yomon ob-havo bo‘lganda ham yo‘lni ko‘rsata oladi. Oldingi va orqa elektr oyna ko‘targichlar tufayli istalgan oynani faqat tugmani bosib turib, bir necha soniya ichida ochish va yopish mumkin. Savlatli tashqi ko‘rinishi bilan birga, nihoyatda keng saloni va hayratlantirarli darajada katta yukxonasi ham bor. O‘ziga xos uslubli 15-dyuymlik yengil aralashmadan yasalgan disklar va orqa bamperdagi xrom qoplangan molding Chevrolet Cobalt mashinasining dizaynini ajoyib to‘ldirib turadi.

Amaliyotga muvofiqlik, barcha kerakli funksiyalar va xususiyatlarning optimal mujassamlanishi tufayli Chevrolet Cobalt oila uchun a’lo avtomobilga, har qanday safarda, istalgan masofalarga yurishda o‘rni bosilmaydigan hamroh va ishonchli yordamchiga aylanadi.

Texnik xususiyatlari

Optsiya Cobalt GS/16MTB (2 poz) Cobalt GX/16ATB (4 poz)
Avtomobil narxlari 95 768 000 cум 115 390 000 cум
Dvigatel
Silindir miqdori va joylashuvi 4 ta, Qatorda 4 ta, Qatorda
Ishchi hajm, sm3 1485 1485
Maksimal quvvat, кW/o.k. (ayl/min) 106 (5800) (ayl/min) 106 (5800) (ayl/min)
Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 134(4000) (ayl/min) 134 (4000) (ayl/min)
Uzatmalar qutisi
Uzatma turi Old Old
Uzatmalar qutisi turi 5 MUQ 6 AUQ
Ilgak
Old Makferson tirgagi Makferson tirgagi
Orqa Торсионная балка Торсионная балка
Siquvchi disk tizimi
Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Barabanli Diskli/Barabanli
O'lchamlari
Uzunligi, mm 4479 4479
Eni, mm 1735 1735
Balandligi, mm 1514 1514
G'ildirakli baza, mm 2620 2620
Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 5000 5000
Ichki hajm
Yukxona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 563 563
Og'irlik
Ruxsat etigan vazn, kg 1097 1168
Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 1590 1620
Dinamika
Maksimal tezlik, km/s 169 170
Tezlik 0-100 km/s, sekundiga 11,7 12,6
Yoqilg'i sarfi
Shahar ichida, L 8,4 10
Shahar tashqarisida, L 6,2 6,7
Yoqilg'i turi АИ - 91 АИ - 91
Yoqilg'i bak hajmi, L 47 47