N A V O I Y A T X
background

UZAUTO MOTORSdan “Hamyonbop avtomobil” aksiyasi

08.10.2020

UZAUTO MOTORSdan “Hamyonbop avtomobil” aksiyasi

“Ustozlar va murabbiylar” kuni bayrami sharafiga, ushbu og’ir davrda barcha pedagoglarga va tibbiy xodimlarga samimiy minnatdorchilikni bildirgan holda, UzAuto Motors “Hamyonbop avtomobil” aksiyasini e’lon qiladi.

Aksiya shartlariga ko’ra, avtomobilni 40 foizdan 70 foizgacha boshlang’ich badal bilan 12 oydan 36 oygacha davrga muddatli to’lov asosida sotib olish mumkin. Тo’lov muddati va boshlang’ich badal miqdori tanlangan modelga bog’liq bo’ladi.

Joriy yil 31 oktabrga qadar siz taqdim etilgan avtomobillar modellarini quyidagi shartlarda sotib olishingiz mumkin:

 

🚗 Spark AT –  oyiga 2,5 mln so’mdan, 12 oygacha

 

🚗 Nexia AT – oyiga 2,8 mln so’mdan, 12 oygacha

 

🚗 Tracker MT/AT – oyiga 3,8 mln so’mdan, 36 oygacha

 

🚗 Trailblazer – oyiga 4,9 mln so’mdan, 36 oygacha

 

Muddatli to’lovni UzAuto Motors rasmiy dilerlik markazlarida minimal hujjatlar to’plami bilan rasmiylashtirish mumkin. Sizdan faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti va SТIR so’raladi, xolos.

 

Tracker yoki Trailblazer avtomobillarini 100% pulini to’lab sotib olmoqchi bo’lganlarni quyidagi chegirmalar kutadi:

 

Tracker LT A/T: 7% chegirma – 15 mln so’mdan ziyod foyda

Trailblazer: 7% chegirma – 27 mln so’mdan ziyod foyda

 

Qayd etamiz: aksiya doirasida, muddatli to’lov hisobiga, avtomobillar narxi amaldagi narxlardan farq qilishi mumkin.

 

❗️Imkoniyatni boy bermang – taklif 2020 yil 31 oktabrgacha (shu sana ham kiradi) amal qiladi.

 

Хaridingiz baroridan kelsin!

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram: @navoiyatx
Instagram: @navoiyatx
Facebook: fb.com/navoiyatx.mchj
Websayt: www.navoiyatx.uz