(79) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Navoiy haqida

 

1982 yilda tashkil topgan.

Ma’muriy markazi – Navoiy shahri.

Maydoni – 110,99 ming kv. km. (11 098 854 ga), shu jumladan: Qishloq xo’jaligi yerlari 9048876 ga (sho’r bosgan yerlar 2811 ga), shu jumladan shudgorlanadigan yerlar – 111116 ga, bog’lar, uzumzorlar, tutzorlar – 10382 ga, bo’z yerlar – 6882 ga, yaylovlar – 8920496 ga. Yerlarning o’rtacha bonitet-balli – 49 ball. Uy-joylar, tomarqalar – 20026 ga, o’rmonlar – 1246178 ga, avtomobil yo’llari va temir yo’llar – 23302 ga, zovurlar, ariqlar, suv havzalari, daryolar va soylar – 183123 ga, ijtimoiy ob’ektlar, ko’chalar, maydonlar – 9516 ga, boshqa xil yerlar (qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlar, sanoat korxonalarining yerlari, xizmat ko’rsatish ob’ektlari va boshqalar) – 567833 ga.

Aholisi – 881,7 ming kishi.

Milliy tarkibi: o’zbeklar – 84,0% (740,7 ming kishi), tojiklar – 1,5% (13,1 ming kishi), ruslar – 3,1% (27,4 ming kishi), ukrainlar – 0,2% (2,1 ming kishi), qozoqlar – 5,5% (48,6 ming kishi) va boshqalar. – 5,7% (49,8 ming kishi).

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Qozog’iston Respublikasi (643,5 km.) bilan chegaradosh.

Viloyatning mahalliy byudjeti dotatsion emas.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1992-yilda Navoiy viloyati tashkil etildi. Viloyatning umumiy xududi 110,99 ming kv.km ni, aholisi 930.762 nafar kishini tashkil etadi. Viloyatning tabiati o’ziga xos rang-barang bo’lib, shimoli-g’arbiy qismidaҚizilqum sahrosi cho’llari , janubi-sharqiy qismida osmono’par Nurota tog’ tizmalari hamda Zarafshon daryosining o’rta qismida boy va turfa-xil dehqonchilik dalalari yastanib yotibdi. Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko’l, Sho’rko’l, To’dako’l kabi ko’plab yirik suv manbalari viloyat tabiatini yanada rang-barang bo’lishligiga hissa qo’shmoqda. Navoiy yosh va navqiron viloyat bo’lsada, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimiy va betakror tarixi bor. Bular Sarmishsoy darasidagi iptidoiy qoyatosh suratlari, Uchtut chaqmoqtosh shaxtalari, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardobasi, Қosim Shayx Azizon xonaqohi va Nurotaning noyob me’moriy obidalari kabi bebaho madaniy me’ros obektlaridir. Viloyat tarkibida 8ta tuman mavjud bo’lib, ular – Karmana, Nurota, Xatirchi, Қiziltepa, Konimex, Uchquduq, Tomdi, Navbahor tumanlaridir. Shuningdek yirik sanoat korxonalari negizida 2ta yirik shahar- Navoiy va Zarafshon shaharlari har tomonlama rivojlanib, obod hududga aylanib bormoqda. Ayni paytda Navoiy viloyati Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi bilan bir qatorda ulkan bunyodkorlik ishlari va tarixiy jarayonlar amalga oshirilmoqda. Viloyat tabiiy resurslarga , shu jumladan, rangli metall va qurilish xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Navoiy Kon Metallurgiya kombinati Davlat korxonasi dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Shuningdek, "Navoiyazot” OAJ, "Elektrkimyo zavodi” qo’shma korxonasi, "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” OAJ, "Қiziqumsement” OAJ singari yirik korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Қulay geografik joylashuvi hisobga olinib, 2008-yilda viloyatda Navoiy Erkin Industrial iqtisodiy zona tashkil etilib, Janubiy Korea, Ҳindiston, Xitoy va Singapur kabi xorijiy hamkorlar bilan keng ko’lamli faoliyat olib bormoqda. Navoiy aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil etilgan bo’lib, u orqali "O’zbekiston havo yo’llari” va "Korean Air” hamkorligida jahonning turli mamlakatlariga yuk tashish ishlari yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda viloyatning barcha shahar va qishloqlarida bir-biridan shinam zamonaviy tipdagi namunaviy qo’rg’onlar bunyod etilgan bo’lib, yurtimiz husniga chiroy qo’shmoqda. Madaniyat saroylari va istirohat bog’lari, Kamolot yoshlar markazlari va sport majmualari , tibbiyot va ta’lim muassasalari, ayniqsa Navoiy Davlat Pedagogika va Navoiy Davlat Konchilik institutlaridagi jo’shqin faoliyat, ularda yoshlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar har qanday yuksak tahsinga loyiq desak to’g’ri bo’ladi.