(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Ko‘p uchraydigan savollarga javoblar

1.Savol:«Navoiyavtotexxizmat» MCHJga avtomashinamni ta’mirlash uchun kimga murojaat qilishim kerak?
Javob:Avtomashinalarni ta’mirlash bo’yicha mijozlarni qabul qiluvchi usta xonasiga.
 
2.Savol:Jamiyatingizda qaysi turdagi avtomashinalarni ta’mirlaydi?
Javob:Barcha turdagi yengil avtomashinalarni.
 
3.Savol:Хizmat ko’rsatuvchi ustalarning ish tartibi qanday?
Javob:Dushanba-Juma 8-00 dan 17-00 gacha, Shanba 8-00 dan 12-00 gacha.
 
4.Savol:Avtomashinamni ta’mirlatmoqchiman, extiyot qismlarni sizning jamiyatingizdan sotib olish mumkinmi?
Javob:Albatta . Bizning jamiyatimizda 1 ta avto extiyot qismlar omborxonasi va 1 ta savdo do‘koni bor, Shu yerdan xarid qilishingiz mumkin.
 
5.Savol:Avtomashinani ta’mirlatish va avto extiyot qismlar sotib uchun olish to‘lovlar qaysi turda amalga oshiriladi?
Javob:Тo‘lovlarni naqd pul, plastik kartochka va pul ko‘chirish yuli orqali amalga oshirishingiz mumkin.
 
6.Savol:Avtomashina sotib olish uchun kimga murojaat qilsam bo‘ladi?
Javob:Jamiyatimizning savdo bo‘limiga kirib savdo bo‘limi xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.
 
7.Savol:Avtomobillar bo‘yicha kafolatning shartlari?
Javob: Kafolatning shartlari servis kitobchasida bayon etilgan.
«Avtomobil bo‘yicha kafolatning saqlanishi uchun Egasi «GM O‘zbekiston» AJ ning dilerlik markazida davriy xizmat ko‘rsatishdan o‘tishi shart: 
a) Neksiya, Spark, Matiz, Damas, Lasetti, Kobalt modellari uchun – birinchi texnik xizmat ko‘rsatish, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab, 2000 km gacha yo‘l o‘tilganda yoki avtomobil sotib olingan sanasidan 3 oy o‘tganda o‘tkaziladi. Keyingi har bir 5000 km o‘tilgan yo‘l yoki har 3 oy oralig‘ida, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab (7000 km, 12000 km, 17000 km va hokazo).
b) Kaptiva, Malibu, Orlando modellari uchun – birinchi texnik xizmat ko‘rsatish, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab, 7500 km gacha yo‘l o‘tilganda yoki avtomobil sotib olingan sanasidan 6 oy o‘tganda o‘tkaziladi. Keyingi har bir 7500 km o‘tilgan yo‘l yoki har 6 oy oralig‘ida, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab. (15000 km, 22500 km va hokazo)
Davriy xizmat ko‘rsatishdan o‘tish reglamenti buzilganda avtomobil bo‘yicha kafolat bekor qilinadi.
 
8.Savol:Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarga servis va kafolat xizmat ko‘rsatish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: Kafolat servis xizmat ko‘rsatish rasmiy dilerlik korxonalari tomonidan avtomobilning servis kitobchasida ko‘rsatilgan muddat ichida, kafolat xizmat ko‘rsatish reglamentining  asosida (almashtirilishi lozim bo‘gan detallar va xizmatlar) taqdim etiladi.
Bizning kompaniyamiz xaridorga, uning tomonidan sotib olingan avtomobil qat’iy sifat talablariga muvofiq ishlab chiqarilganligini kafolatlaydi. Shu sababli, kafolat mudati mobaynida rasmiy dilerlik markazi quyidagi shartlarga rioya qilinganda, to‘liq bepul tarzda detallar almashtirilishini va xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi:
Kafolat servis xizmat ko‘rsatish faqat rasmiy dilerlik korxonalari orqali sotilgan avtomobillar bo‘yicha taqdim etiladi. Kafolat servis xizmat ko‘rsatish normal sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun, (qaysi biri avvalroq kelishiga qarab) avtomobilning mijoz tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 12 oy davomida yoki probega avtomobilning 20 ming km lik o‘tilgan yo‘li  mobaynida taqdim etiladi. Kafolat servis xizmat ko‘rsatish faqat rasmiy dilerlik korxonalarida amalga oshiriladi.
Kafolat servis xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar faqat avtomobilning kafolat servis xizmat ko‘rsatish kitobasi bilan birga qabul qilinadi. Kafolat servis xizmat ko‘rsatish davri mobaynida avtomobilning yangi egasi xudi shunday xizmat ko‘rsatish huquqlariga ega bo‘ladi. Buning uchun avtomobilni sotish paytida servis kitobchasini yangi egasining nomiga qayta rasmiylashtirish.
 
9.Savol: Avtomobil uchun to‘langan mablag‘ni qaytarish tartibi haqida ma'lumot bersangiz.
Javob: Avtomobillarni rasmiy dilerlik korxonalari orqali sotishda to‘langan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyaning maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi, va to‘langan mablag‘ni qaytarish jarayoni ishlab chiqaruvchi kompaniyaga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash lozim: Mijoz (jismoniy yoki yuridik shaxs) va rasmiy dilerlik korxonasi o‘rtasida avtomobilni yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha to‘langan mablag‘ni qaytarish yuzasidan ariza; belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to‘langan mablag‘ni solishtirish dalolatnomasi. Shuningdek, mijozning istagiga ko‘ra to‘langan mablag‘ning qaytarilishida, mijoz imzolangan avtomobilning oldi-sotdi shartnomasining 5.3-bandiga muvofiq jarima to‘lashi lozim. Barcha hujjatlar yig‘ilganidan keyin pul mablag‘larini qaytarish amalga oshiriladi. Avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan muddatlardan kechiktirilganda, ushbu jarima undirilmaydi.
 
10.Savol: Avtomobilni sotib olish uchun arizani berish tartibi qanday?
Javob: 1. Shartnomani tuzish uchun, Mijoz Dilerga kelib murojaat qilishi, yoki Portal orqali elektron buyurtma berish yo‘li bilan murojaat qilishi mumkin.
2. Kelib murojaat qilganda, jismoniy shaxs bo‘lgan Mijoz dilerga quyidagilarni taqdim etadi:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti va soliq to‘lovchining identifikatsiyalash raqamining (STIR) nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun;
• chet el fuqarosining pasporti— chet el fuqarolari uchun;
• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar  guvohnomasi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun;
• shaxsiy tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risida guvohnoma — shaxsiy tadbirkorlar uchun.
3. Kelib murojaat qilganda, yuridik shaxs bo‘lgan Mijoz dilerga quyidagilarni taqdim etadi:
• avtomobil sotib olish istagi haqidagi yozma murojaat;
• yuridik shaxs rahbari pasportining nusxasi;
• yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risida guvohnoma.
4. Diler, Mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosida, Portalda avtomobilni sotib olish uchun buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
5. Diler, buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin, unga kiritilgan ro‘yxat ma’lumotlari asosida Portal tomonidan shakllantirilgan buyurtmani, avtomatik rejimda hosil qilinadigan buyurtmaning betakror identifikatsiyalash raqami va Mijozni Shartnomani tuzish uchun navbatga qo‘yish raqami ko‘rsatilgan holda, chop etadi.
 
11.Savol: Avtomobilni yetkazib berish muddatlari qanday?
Javob: Dastlabki to‘lovning belgilangan miqdori, yoki avtomobilning to‘liq qiymatining Ishlab chiqaruvchining bank hisobraqamiga kelib tushishi sanasidan boshlab avtomobilni yetkazib berish:
- 1 (bir) ish kuni - Dilerda (omborda) mavjud bo‘lgan avtomobil uchun;
- 60 (oltmish) ish kuni - Sanoat yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun;
- 90 (to‘qson) ish kuni – Yirik tarmoqli yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun;
- 120 (bir yuz yigirma) ish kuni - opsiyalarning standart to‘plamidan farqli, Mijozning tanloviga ko‘ra mumkin bo‘lgan opsiyalarning o‘zgartirilgan to‘plami bo‘lgan, Sanoat yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun.
Avtomobillarni yetkazib berishning belgilanagn muddatlari buziolishi uchun, shuningdek boshqa shartlarning buzilishlari uchun dilerlik bitimlarida belgilangan choralar, to bitimlarni bekor qilishgacha, qo‘llanadi.
 
12.Savol: Avtomobil uchun to‘lovlarning turlari 
Javob: 1. Avtomobillarni jismoniy shaxslarga sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- bank muassasalarining kassalariga naqd pul mablag‘larini topshirish yo‘li bilan;
- tijorat banklari tomonidan avtomobilni sotib olish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari hisobiga jismoniy shaxslarning omonat (depozit) yoki ssuda hisobraqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan.
- faqat xaridorning nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.
2. Avtomobillarni yuridik shaxslarga sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- banklardagi ularning talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlaridan qonunchilik bilan belgilangan tartibda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan;
- tijorat banklari tomonidan avtomobilni sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar hisobiga yuridik shaxslar va shaxsi tadbirkorlarning ssuda hisobraqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan.