97 083 000 cум
116 495 000 cум
Siz Chevrolet Cobalt ning ichida birinchi bo‘lib yuksak baholaydigan jihat — kengligidir. Chevrolet kompaniyasining firmaviy konsepsiyasida salon — «ikkitalik kokpit» ham haydovchi uchun, ham yo‘lovchilarning har biri uchun qulaylik yaratadi. Chevrolet Cobalt ni yaratayotganda, bizning muhandislarimiz haydovchining o‘rni tashkil etilishiga alohida e’tibor berganlar: asosiy boshqarish paneli doimo qo‘l ostida, ichki ko‘rinishida esa foydali buyumlar uchun juda ko‘p qulay bo‘limlar va tokchalar ko‘zda tutilgan.
Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobilining salonida beshtagacha kishi qulay joylashishi mumkin. Boshqarish paneli haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulay tarzda joylashgan. Bu avtomobilda istalgan oilaviy sayohatning yoqimli va qiziqarli bo‘lishi uchun hamma narsa yaratilgan. Avtomobil orqada o‘tirgan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha havo naylari bilan jihozlangan, bu esa qish va yoz mavsumidagi eng nomaqbul sharoitlarida shinam iqlim yaratishga imkon beradi. Juda ko‘p foydali moslamalar Siz va yaqinlaringiz uchun xuddi o‘z uyidagidek bemalol joylashish imkonini beradi. Hatto yoritishning intensivligini ham aynan Sizga qulay darajagacha sozlash mumkin.
Yo‘lda ahamiyatsiz narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobalt ning tashqi ko‘rinishi har bir detali bo‘yicha puxta o‘ylab chiqilgan. Masalan, yon oynalari orqani ko‘rish uchun keng manzarani ta’minlaydi, ichki qurilgan isitish tizimi esa hatto o‘ta sovuq paytida ham muzni erita oladi. Tumanga qarshi faralar eng yomon ob-havo bo‘lganda ham yo‘lni ko‘rsata oladi. Oldingi va orqa elektr oyna ko‘targichlar tufayli istalgan oynani faqat tugmani bosib turib, bir necha soniya ichida ochish va yopish mumkin. Savlatli tashqi ko‘rinishi bilan birga, nihoyatda keng saloni va hayratlantirarli darajada katta yukxonasi ham bor. O‘ziga xos uslubli 15-dyuymlik yengil aralashmadan yasalgan disklar va orqa bamperdagi xrom qoplangan molding Chevrolet Cobalt mashinasining dizaynini ajoyib to‘ldirib turadi.
Amaliyotga muvofiqlik, barcha kerakli funksiyalar va xususiyatlarning optimal mujassamlanishi tufayli Chevrolet Cobalt oila uchun a’lo avtomobilga, har qanday safarda, istalgan masofalarga yurishda o‘rni bosilmaydigan hamroh va ishonchli yordamchiga aylanadi.
Optsiya | Cobalt GS/16MTB-PLUS | Cobalt GX/16ATB-PLUS | |||
Avtomobil narxlari | 97 083 000 cум | 116 495 000 cум | |||
Dvigatel | |||||
---|---|---|---|---|---|
Silindir miqdori va joylashuvi | 4 ta, Qatorda | 4 ta, Qatorda | |||
Ishchi hajm, sm3 | 1485 | 1485 | |||
Maksimal quvvat, кW/o.k. (ayl/min) | 106 (5800) (ayl/min) | 106 (5800) (ayl/min) | |||
Maksimal buruvchi moment, Hm (min) | 134(4000) (ayl/min) | 134 (4000) (ayl/min) | |||
Uzatmalar qutisi | |||||
Uzatma turi | Old | Old | |||
Uzatmalar qutisi turi | 5 MUQ | 6 AUQ | |||
Ilgak | |||||
Old | Makferson tirgagi | Makferson tirgagi | |||
Orqa | Торсионная балка | Торсионная балка | |||
Siquvchi disk tizimi | |||||
Old/Orqa siquvchi disk | Diskli/Barabanli | Diskli/Barabanli | |||
O'lchamlari | |||||
Uzunligi, mm | 4479 | 4479 | |||
Eni, mm | 1735 | 1735 | |||
Balandligi, mm | 1514 | 1514 | |||
G'ildirakli baza, mm | 2620 | 2620 | |||
Eng kichik aylanib olish radiusi, mm | 5000 | 5000 | |||
Ichki hajm | |||||
Yukxona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L | 563 | 563 | |||
Og'irlik | |||||
Ruxsat etigan vazn, kg | 1097 | 1168 | |||
Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg | 1590 | 1620 | |||
Dinamika | |||||
Maksimal tezlik, km/s | 169 | 170 | |||
Tezlik 0-100 km/s, sekundiga | 11,7 | 12,6 | |||
Yoqilg'i sarfi | |||||
Shahar ichida, L | 8,4 | 10 | |||
Shahar tashqarisida, L | 6,2 | 6,7 | |||
Yoqilg'i turi | АИ - 91 | АИ - 91 | |||
Yoqilg'i bak hajmi, L | 47 | 47 |