(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Biz haqimizda

«Navoiyavtotexxizmat» mas'uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o’rinlarda «Jamiyat») O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g‘risida»gi 171-sonli qarori va Navoiy viloyat Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash boshqarmasining 1995 yil 29-iyundagi 194-P sonli buyrug‘iga va mehnat jamoasi a’zolarining 1995 yil 11 maydagi 1-sonli umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan «Navoiyavtotexxizmat» korxonasini qayta o‘zgartirish yo‘li bilan ta’sis etilgan «Navoiyavtotexxizmat» ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan. "Navoiyavtotexxizmat" AJ aksiyadorlarining 2017 yil 22 martdagi yig'ilishda qabul qilingan qaroriga asosan mukchilik shakli "aksiyadorlik jamiyati"dan "mas'uliyati cheklangan jamiyati"ga o'zgartirildi.  
 
«Navoiyavtotexxizmat» mas'uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi. 
- O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona, tashkilotlar hamda aholining avtotransport vositalariga ya’ni yengil avtomashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
-Avtomashinalarni tabiiy siqilgan gazda (TSG) va suyultirilgan neft gazida (SNG) ishlashi uchun qayta uskunalash;
-GM-O'zbekiston AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi avtomashinalarni sotishdan iborat.