(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

«General Motors O’zbekiston» AJ haqida

 

KOMPANIYA NOMI
«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati
 
ZAVOD:
Umumiy maydoni – 72 ga. Ishlab chiqarish maydoni – 192 ming kv. m.
Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan.
 
FILIALLARI:
Toshkent shahrida, Xorazm viloyati, Pitnak shahri.
 
ISHLAB CHIQARISH QUVVATI:
«GM Uzbekistan» AJ, Asaka shahri - 250 ming avtomobil.
«GM Uzbekistan» AJ filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil;
«GM Uzbekistan» AJ filial, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil;
 
MAHSULOTI:
Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Captiva, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Orlando, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.
 
GM UZBEKISTAN YETKAZIB BERUVCHILARI:
100 dan ortiq, shu jumladan sub-etkazib beruvchilar. Asosiylari — «Uz SeMyung», «Uz Koram», «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Xanvu», «Uz Dong Von Ko», «Uz Dong Ju Peynt», «Uz Tong Xong Ko», «Uz Chasis» va «Avtooyna».
 
XODIMLARI:
«GM Uzbekistan» AJ xodimlarining soni 2017 yil 1 iyulga kelib, 10 000 kishidan ortiq bo‘ldi.
 
RIVOJLANISH TARIXI
·2017 yil may oyi - Qozog‘istondagi Kustanay shahrida T250 avtomobilini yig‘ishning boshlanishi
·2017 yil may oyi - Uzaytirilgan yuk bo‘limli Labo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi
·2017 yil aprel oyi - Yangi, ikkinchi avlod Malibu avtomobilini ishlab chiqarishga tushirish
·2016 yil dekabr oyi - Cobalt eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
·2016 yil noyabr oyi - J200 va M300 eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
·2016 yil avgust-sentabr oyi - Moskva xalqaro avtosalonida ishtirok etish.
·2016 yil iyul oyi - T250 eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
·2016 yil iyun oyi – Neksiya (T250) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2016 yil may oyi - Neksiya (T250) avtomobilining taqdimoti
·2016 yil aprel oyi - Captiva (SORP) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi
·2015 yil oktabr oyi - Moskva shahrida Ravon brendining taqdimoti.
·2015 yil iyul oyi - Labo tijorat avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2015 yil dekabr oyi - GBJ bilan Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2014 yil mart oyi - Chevrolet Orlando avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2014 yil yanvar oyi –Pitnak shahrida «GM O‘zbekistan» filialining ochilishi.
·2013 yil noyabr oyi – Lacetti II (Gentra) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2012 yil sentabr oyi - Chevrolet Cobalt avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
·2012 yil mart oyi – Chevrolet Malibu avtomobilini. yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi
·2011 yil sentabr oyi – yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
·2011 yil aprel oyi – 1 500 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
·2011 yil aprel oyi – Spark avtomobili «Shahar avtomobillari» nominatsiyasida «Rossiyada 2011 yil uchun yilning eng yaxshi avtomobili» bo‘ldi.
·2010 yil avgust oyi – Spark avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
·2008 yil noyabr oyi – bir millioninchi avtomobilining chiqarilishi.
·2008 yil noyabr oyi – Lacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
·2008 yil iyun oyi –Nexia N150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2008 yil mart oyi – «GM O‘zbekistan» qo‘shma korxonasining tuzilishi.
·2007 yil dekabr oyi – EURO III motorlari bo‘lgan Nexia va Matiz avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2007 yil oktabr oyi – Tacuma, Epica va Captiva avtomobillarini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
·2007 yil iyul oyi – 750 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
·2007 yil may oyi –O‘zbekistan Respublikasining hukumati va GM Daewoo Auto&Technology kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.
·2006 yil fevral oyi – B100. o‘rniga Damas B150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi
·2005 yil oktabr oyi – 500 000- nchi avtomobilining chiqarilishi.
·2004 yil dekabr oyi – dvigatelning hajmi 1,0 litr va avtomatik uzatmalar qutisi bo‘lgan Matiz Best avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2004 yil iyun oyi - sifati, yetakchiligi, ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalari uchun "International Quality Summit - New York” xalqaro sovrinning qo‘lga kiritilishi.
·2003 yil aprel oyi - sifat tizimining ISO: 9001:2000 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi.
·2003 yil avgust oyi - Lacetti avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
·2003 yil mart oyi – avtomobil Matiz bыl nominirovan «Avtomobilem yil oyi» na rыnke Rossiyskoy Federatsii.
·2002 yil avgust oyi –DOHC dvigateli bilan avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2001 yil avgust oyi - Matiz avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·2001 yil may oyi – 250 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
·1999 yil dekabr oyi - sifat tizimining ISO: 9001:1998 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi.
·1996 yil iyun oyi – Tico va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
·1996 yil mart oyi – Damas avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
·1994 yil iyun oyi - Asaka shahrida zavod qurilshining boshlanishi.
·1993 yil mart oyi - «UzDEUavto» QK ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi.
·1992 yil iyun oyi - prezident I. Karimovning Koreyaga tashrifi va Daewoo Motor ga tashrif buyurishi.