(79) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

DAMAS

TASHQI KO`RINISH
Damas o‘lchamlari 3845x1400x1920 millimetr bo‘lib, bazasi – 1840 millimetr, ya’ni uning kuzovi baland bo‘lib, o‘ta keng emas, uzunligi ixchamdir. Shu sababli mashina burilishda barqaror bo‘lmaydi, degan xato tasavvur yuzaga kelishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Avtomobil hatto baland yo‘l chetini bosganda, yoki tezligini kamaytirmay keskin burilishdan o‘tganda ham, ag‘darilib ketmaydi. Oldingi tirgaklar kichik og‘ish burchagiga ega, shuning uchun kapoti deyarli yo‘q. Katta faralari oval shakliga ega, keng bo‘lmagan bamperda tor burilish ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan. Yo‘lovchilar bo‘limiga eshiklar yoniga qarab ochiladi, orqa bo‘limida yana bitta tepaga ochiladigan eshik o‘rnatilgan.

ICHKI KO`RINISH
Damas ning ichki ko‘rinishi kulrang yoki to‘q rang mato bilan bezatiladi, saloni yetti kishini joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar va haydovchi uchun alohida pechlar o‘rnatilgan. O‘rindiqlar ostida shaxsiy narsalarini joylashtirish uchun yetarlicha bo‘sh joy bor. Asboblar panelida tsiferblatlar va ko‘p sonli rangli indikatorlar birlashtirilgan. Unda konsol yo‘q, uning paneldagi joyini avtomagnitola, shamollatish, isitish sozlagichlari egallaydi.