(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Xizmatlar

Avtomobildan tejamkor va xavfsiz foydalanish, va uni yaxshi holatida saqlab turish uchun, avtomobilga texnik xizmat ko`rsatilishi belgilangan davriylikda bajarilishi kerak.
Texnik xizmat ko`rsatishning bajarilishi servis kitobchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi. Uning sanasi va o`tilgan yo`l texnik xizmat ko`rsatish stansiyasining muhri va imzo bilan tasdiqlanadi. Texnik xizmat ko`rsatishdan tasdiqlangan holda o`tish kafolat majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bajarilishining majburiy sharti bo`lib, avtomobilning sotilishida hisobga olinadi, shuning uchun servis kitobchasi to`g`ri to`ldirilishini nazorat qiling.
 
FOYDALANISHNING OG`IR SHAROITLARI

10 km dan kamroq bo`lgan qisqa masofalarga tez-tez yurish;
Avtomobilning uzoq vaqt turib qolishi va/yoki avtomobilning past tezlikda, tez-tez to`xtash rejimida yurishi;
Avtomobilni ko`p chang bo`lgan joyda boshqarish;
Avtomobilni tepalikli va tog`li joylarda boshqarish;
Tirkamani buksirga olish;
Avtomobilni shahar rejimida, atrof muhitning harorati 32° S yoki undan yuqoriroq bo`lganda boshqarish;
Atrof muhitning harorati 0° S bo`lganda, motorni tez-tez ishga tushirish;
Avtomobildan tegishli xususiyatlariga ega bo`lmagan yonilg`i bilan, yomon sifatli yonilg`i bilan va/yoki oktan soni past bo`lgan yonilg`ida foydalanish (Foydalanish qo`llanmasida «TAVSIYA ETILADIGAN YONILG`I» ga qarang).

SERVIS XIZMAT KO`RSATISH QUYIDAGILARDAN IBORAT:
NAZORAT KO‘RIGI (AVTOMOBILNING EGASI TOMONIDAN O‘TKAZILADI)
Nazorat ko‘rigi avtomobilning egasi tomonidan yo‘lga tushishdan avval. Va uzoq safarlarning paytida o‘tkaziladi. Uzoq safarlarning paytida, quyida ko‘rsatilgan ishlarni kamida, har bir 500 km yo‘l o‘tilganidan keyin bajarilishi kerak:

I. TASHQI KO‘RIK
1. Shinalardagi havoning bosimini va shinalarda shikastlanish izlarining yo‘qligini tekshiring;
2. G‘ildiraklarni mahkamlash boltlarining mustahkam tortilganligini tekshiring;
3. Jihozlanish va signalizatsiya asboblarining sozligini tekshiring;
4. Moy, sovituvchi suyuqlik, yonilg‘i va tormoz suyuqligining oqishi izlarining yo‘qligini tekshiring.

II. ICHKI KO‘RIK
1. Lyuftning kattaligini va rul g‘ildiragining mahkamlanishini tekshiring tekshiring;
2. To‘xtatib turish tormozi dastagining yurishi kattaligini tekshiring;
3. Ovozli signal, old oynaning oyna tozalagichlari va burilish ko‘rsatkichlarining sozligini tekshiring;
4. Avariyali yorug‘lik signalizatsiyasining sozligini tekshiring (bunda o‘t oldirish qulfidagi kalit I holatida bo‘lishi lozim);
5. Asboblar panelida joylashgan nazorat-o‘lchov asboblarining sozligini tekshiring.
6. Bakdagi yonilg‘ining sathini ko‘rsatkichiga qarab tekshiring.
7. Orqa ko‘rish oynalarining sozlanishini tekshiring, zarur bo‘lganda sozlanishini amalga oshiring.
8. Eshik qulflarini bloklash mexanizmlarining sozligini tekshiring.
9. Ilashish muftasi pedalining erkin yurishi kattaligini, pedalning boshlang‘ich holatini va ilashish muftasini boshqarish yuritgichining ishlashini tekshiring..

III. MOTOR BO‘LIMI
1. Motordagi moyning sathini tekshiring;
2. Kengaytirish bakidagi sovituvchi suyuqlikning sathini tekshiring;
3. Akkumulyator batareyasining holatini tekshiring;
4. Oyna tozalagichning bakidagi suyuqlikning sathini tekshiring;
5. Asosiy tormoz silindri va ilashish muftasining gidroyuritgichi bakidagi ish suyuqligining sathini tekshiring;
6. Rul boshqaruvi gidrokuchaytirgichining bakidagi ish suyuqligining sathini tekshiring.
 
Davriy texnik xizmat ko`rsatish (rasmiy diler tomonidan o`tkaziladi)
 
Avtomobilning mavsumiy ko‘rigi (rasmiy diler tomonidan o‘tkaziladi)
Avtomobilning mavsumiy ko‘rigining asosiy vazifasi — avtomobilni yilning sovuq yoki issiq faslidagi foydalanish sharoitlariga tayyorlashdir. Avtomobilning mavsumiy ko‘rigi keskin sovuq tushishi paytlarida majburiy tartibda o‘tkazilishi kerak, shinalari keskinroq ob-havo sharoitida foydalanishga yaroqli turiga almashtirilishi lozim, avtomobilning sovutish tizimini ko‘zdan kechirish, hamda uning germetikligini tekshirish kerak, zarur bo‘lganda sovutish tizimini almashtirish lozim. Qishga tayyorgarlik ko‘rganda, ishga tushirish isitgichining holatini tekshirish, va moyni almashtirish kerak, oyna tozalagichning bakidagi suvni muzlamaydigan suyuqlikka almashtirish lozim. Har qanday avtomobilning mavsumiy ko‘rigini yiliga ikki marta o‘tkazish kerak.