(8-436) 21-000-22
Dushanba - Juma: 08:00-17:00

Sotuv oldi ko'rigi

E'TIBOR BERING
Sizga avtomobilni topshirishdan avval, diler ishlab chiqaruvchi zavodning standart yo‘riqnomalariga muvofiq, avtomobilning uzoq foydalanish muddati mobaynida buzilmagan holda foydalanishni kafolatlash uchun uning butlanishini va texnik holatini tekshiradi.
Foydalanish davrda yashrin nuqsoni aniqlangan holda, Siz aniqlagan nuqsonni bartaraf etishi uchun barcha choralarni ko‘rishi maqsadida, darhol dilerga murojaat qiling.
Sotuvdan avvalgi ko‘rikning bo‘lmaganligi yoki uning sotuvdan avvalgi tayyorgarlikni o‘tkazish reglamentiga rioya qilinmagan holda o‘tkazilishi, hamda servis kitobchasida tegishli yozuvlarning yo‘qligi kafolat ta’mirlash huquqidan mahrum bo‘lishga olib keladi. Kafolatli foydalanish muddati davrida ta’mirlash uchun javobgarlik Sizga avtomobilni sotgan rasmiy dilerga yuklatiladi.
 
DILER SOTISHDAN OLDIN TEKSHIRIB BERISHGA MAJBUR
MOTOR BO‘LIMI
Zarur bo‘lganda:
1. Antifrizni quyish;
2. Tormoz suyuqligini / ilashish muftasining ish suyuqligini quyish;
3. Old oynaning / orqa oynaning oyna yuvish bakiga suyuqlikni quyish;
4. Motor moyini quyish;
5. Avtomatik transmissiyaning ish suyuqligini quyish;
6. Shamollatgich / o‘zgaruvchan tok generatori / kuchaytirgichli rul yuritgichining yuritgich kamarlari tortilishini nazorat qilish, zarur bo‘lganda ularni sozlash.
 
AVTOMOBILNING SALONI
Ishlashini tekshiring, va zarur bo‘lganda ularni sozlang:
1. Xavfsizlik kamarlari va mahkamlashlarning ishonchliligi;
2. O‘rindiqlarni sozlash organlari;
3. To‘xtab turish tormozi dastagining yurishi;
4. Uzoq yoritish faralarining yonib-o‘chib turuvchi signali;
5. Yon / orqa yoritish chiroqlari va davlat raqami belgisini yoritish;
6. Stop-signal va orqa tumanga qarshi chiroq;
7. Orqaga yurish chiroqlari;
8. Asboblar panelining chiroqlari va avariyali signalizatsiya chirog‘i;
9. Ovozli signal;
10. Ichki yoritkich plafoni;
11. Old oynaning oyna tozalagichi va oyna yuvish moslamasining forsunkalari;
12. Qo‘shimcha jihozlar va anjomlar.
 
AVTOMOBILNING TASHQI QISMI
Tekshiring va zarur bo‘lganda sozlang:
1. Shinalarda havo bosimi;
2. G‘ildiraklarning boltlarini / gaykalarini tortib mustahkamlash kuchining momenti;
3. Avtomobilda suyuqliklarning oqib ketishi.
 
YO‘LDA SINOVDAN O‘TKAZISH
Zarur bo‘lganda quyidagilarning ishlashini tekshiring:
1. Rul kolonkasining birgalikdagi qulfi va o‘t oldirish qulfi;
2. Tormozlar: oyoq va to‘xtab turish tormozi;
3. Motor;
4. Uzatmalar qutisi va ilashish muftasi;
5. Orqa ko‘prik;
6. Rul boshqaruvi va boshqaruvchanligi;
7. Burilish ko‘rsatkichlari va avariyali yorug‘lik signalizatsiyasining tizimi;
8. Asboblar panelining chiroqlari va avariyali signalizatsiya chirog‘i;
9. Isitish va shamollatgich;
10. Isitiladigan orqa oynasi;
11. Qo‘shimcha jihozlar va anjomlar.
 
YAKUNIY KO‘RIK O‘TKAZISH
1. Avtomobildan yopishqoq yorliqlarni olib tashlang (yo‘riqnomali yorliqlar va muvofiqlik yorliqlaridan tashqari);
2. Salonning bezaklarini va qoplamalarini tekshiring va tozalang, avtomobilni yuving;
3. Barcha lak-bo‘yoq qoplamlarini tekshiring, va zarur bo‘lganda ularni tuzating;
4. Zaxira g‘ildiragini va avtomobil asboblarini tekshiring;
5. Avtomobilni topshirishga tayyorlang;
6. Kalitlarning raqamlarini yozib oling;
7. Texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash qo‘llanmasidagi ma’lumotni to‘ldiring (shu jumladan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish uchun hamda motor moyini va filtrlarni almashtirish uchun sana/o‘tilgan yo‘l yozuvlari).

Ommabop avtomashinalar

Yangiliklarga obuna bo'lish


Dushanba 08:00 - 17:00
Seshanba 08:00 - 17:00
Chorshanba 08:00 - 17:00
Payshanba 08:00 - 17:00
Juma 08:00 - 17:00
Shanba (Servis) 08:00 - 12:00
Yakshanba Dam olish